• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +21°C
Detail image

Yunusobod tumanining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatilyapti.

Foto: Toshkent shahar elektr tarmoqlari

Bugun, 23 aprel kuni Yunusobod tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi quvvati 110/35/10 kV bo‘lgan yuqori kuchlanishli «Yunusobod» nimstansiyasidagi mavjud yuqori kuchlanishli elektr qurilmasi shikastlanishi natijasida favqulodda avariya holatida elektr ta’minotida o‘chishlar yuzaga kelgan.

Yuzaga kelgan nosozlikni tezkor bartaraf etish hamda mavjud yuqori kuchlanishli elektr qurilmasini ta’mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida «Yunusobod» nimstansiyasi o‘chirildi.

Natijada:

Yunusobod tumanining: «Adolat», «Billur», «Qoshchinor», «Mingchinor», «Nurmakon», «Sobirobod», «Uchqahramon», «Hasanboy», «Katta Hasanboy», «Hamkorobod», «Sharq haqiqati», «Tiklanish», «Islomobod», «O‘zbekiston mustaqilligi», «Yangi bog», «Yunus ota», «Sevinch», «Ahmad Donish», «Qadrdon», «Shoshtepa», «Yurtobod», «Uvaysiy», «Kulol» hamda «Yolayriq» MFY hududidagi aholi yashash xonadonlarida avariya holatida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

Ayni vaqtda, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MChJ tasarrufidagi Yunusobod TETning tezkor chiqish brigadalari tomonidan mazkur holat nazoratga olinib, nosozlikni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Ўхшаш янгиликлар