• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27°C
Detail image

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Foto: Prokuratura departamenti

Unda, “K-O‘.” MChJga qarashli o‘quv markazi xodimi S.A. fuqaro Sh.B.ni Koreya davlatiga borishda talab etiladigan ishchi viza uchun o‘tkaziladigan Koreys tili imtihonidan tanishlari orqali o‘tkazib berishi evaziga 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ўхшаш янгиликлар