• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +20°C
Detail image

24 aprel kuni tadbir doirasida jamoat transporti, velosiped hamda atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan boshqa transport vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi. 

24 aprel kuni Toshkent shahrida navbatdagi «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladi. 

Bu «O‘zbekiston-2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi prezident farmonida belgilab qo‘yilgan. 

Aksiya doirasida Toshkent shahrida joylashgan barcha davlat idoralari xodimlari jamoat transporti, velosiped hamda atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan boshqa transport vositalaridan foydalanishadi. 

Shuningdek, aholiga ham ushbu transport vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi. 

Ўхшаш янгиликлар