• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +18°C
Detail image

Tergovga qadar tekshiruv natijasida Sergelidagi 277-maktab o‘qituvchisi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini burama mix bilan qiynab, ularga tan jarohati yetkazgani aniqlangan. Shu sabab 22 yoshli “pedagog”ga nisbatan jinoyat ishi ochilgan.

Sergeli tumanining 277-maktab pedagogi 1-sinf o‘quvchilarining qo‘liga igna va “samorez” sanchib, ularni jazolagani xabar berilib, holat o‘rganilayotgani ma’lum qilingandi.

Bolalar ombudsmani tergovga qadar tekshiruv natijasini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 2016 yilda tug‘ilgan 2 nafar o‘quvchi kaftining ustki qismiga burama mix (samorez) bir necha marta sanchib kelingani, bolalarni qiynab, ularga tan jarohatlari yetkazgani aniqlangan.

Shu sabab 18 aprel kuni Sergeli tumani IIO TB tomonidan o‘qituvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi “a” bandi (qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Qayd etilishicha, o‘qituvchi 2002 yilda tug‘ilgan.

Tergov doirasida qo‘liga igna sanchilgani aytilgan 1-sinf o‘quvchilariga sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlanib, hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Bolalar ombudsmani mazkur ishda bola manfaatlari nuqtai nazaridan o‘z kuzatuvini davom ettirishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, o‘quvchilarni qiynashga oid xabarlar 16 aprelda tarmoqlarda tarqalgandi. Holat ortidan bolalarni shu usul bilan “tarbiyalash”ga uringan o‘qituvchi ishdan ketgandi.

Ўхшаш янгиликлар