• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +20°C
Detail image

Toshkentdagi qurilish obektida 13 ta ratsiyadan tegishli ruxsatnomasiz foydalangan shaxsga chora ko‘rildi. 

Foto: O‘zkomnazorat

“O‘zkomnazorat” xabariga ko‘ra, inspeksiya hamda “EMMM” DUKning xodimlari tomonidan Toshkent shahri hududida radiomonitoring tadbirlari o‘tkazildi. Unda fuqaro X.J. tomonidan Mirobod tumani Katta Mirobod ko‘chasida joylashgan qurilish obektida 13 ta radioelektron vositalar (ratsiya)dan tegishli ruxsatnomalar rasmiylashtirmasdan foydalanib kelinayotgani aniqlandi.

Bu bilan fuqaro tomonidan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishning belgilangan qoidalari hamda davlat standartlari, normalari va belgilangan tartibda o‘rnatilgan parametrlari talablari buzilgan.

Ushbu huquqbuzarlik sabablari o‘rganib chiqilib, fuqaroga nisbatan MJtKning 152-moddasi 1-qismiga (radioelektron vositalar yoki yuqori chastotali qurilmalarni loyihalash, qurish (o‘rnatish) va ulardan foydalanishning belgilangan qoidalarini, radioayirboshlash va radiochastotalardan foydalanish qoidalarini buzish, radionurlanishning texnik reglamentlari yoki davlat standartlari, normalari va belgilangan tartibda o‘rnatilgan parametrlariga rioya etmaslik) asosan jazo chorasi qo‘llandi.

Ўхшаш янгиликлар