• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +24°C
Detail image

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Sirdaryo viloyati Sardoba tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Unda, “I.A.” MChJning transport bo‘limi sobiq menejeri M.X. umuman harakatlanmagan yoki qisqa masofaga harakatlangan avtotransport vositalariga yonilg‘i-moylash materiallari sarf qilingani to‘g‘risida hujjatlarni rasmiylashtirib, tadbirkorning jami 943,1 mln so‘mlik mahsulotini talon-toroj qilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ўхшаш янгиликлар