• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +6°C
Detail image

11 yildan beri federatsiyaga raislik qilib kelayotgan Sodiq Safoyev ushbu lavozimga qayta saylandi. 

Foto: MOQ

O‘zbekiston regbi federatsiyasining navbatdagi hisobot-saylov konferensiyasida tashkiliy masala ko‘rildi. Bu haqda MOQ xabar berdi. 

2013 yildan beri federatsiyada rais sifatida faoliyat olib borayotgan va 2017 yil ushbu lavozimga qayta saylangan Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Solihovich Safoyev navbatdagi muddatga O‘zbekiston regbi federatsiyasining raisi etib saylandi. 

Qayd qilinishicha, federatsiya raisi bildirilgan ishonchni oqlashga va’da bergan, terma jamoalarning moddiy texnik bazasini mustahkamlash orqali xalqaro maydondagi natijalarni yanada yaxshilash, regbi ommaviyligini oshirish bo‘yicha ustuvor rejalarini aytib o‘tgan.

Ўхшаш янгиликлар