• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +23°C
Detail image

Jabrlanuvchi ayol shifoxonaga yotqizilgan va hozirda uning ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.

2024 yil 25 aprel kuni soat 14:30 lar chamasida Qo‘qon shahridagi bozor oldida, piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 24 yoshli ayolni Matiz avtomobili urib ketgan.

Oqibatda ayol og‘ir tan jarohatlari olgan va shifoxonaga yotqizilgan. Ma’lum bo‘lishicha, mashina boshqaruvida maktabning 11-sinf o‘quvchisi bo‘lgan.

Kun.uz jabrlanuvchi ayol yotgan Qo‘qon shahar Tez tibbiy yordam bo‘limi bilan bog‘lanib, bemorning holati va unga qo‘yilgan tashxis haqida ma’lumot oldi.

Shifokorlar jabrlanuvchi og‘ir tan jarohatlari bilan olib kelingani va uning ahvoli og‘irlashib borayotganini ma’lum qilishdi.

Ўхшаш янгиликлар