• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +15°C
Detail image

Toshkentdan 191 km janubi-sharqda 5,2 magnitudali yer silkinishi kuzatildi. 

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, 18 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:15 da Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi. 

Zilzila koordinatalari: 39,85 gradus shimoliy kenglik; 70,49 gradus sharqiy uzunlik. 

Magnituda M=5,2. Chuqurlik 120 km. Zilzila episentri Toshkentdan 191 km janubi-sharqda. 

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

- Farg‘ona viloyatida 2 ball, episentrdan 125 km uzoqlikda.

- Namangan viloyatida 2 ball, 162 km.

- Sirdaryo viloyatida 2 ball, 163 km.

- Andijon viloyatida 2 ball, 189 km. 

Zilzila oqibatida yetkazilgan talafot va jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmadi.

Ўхшаш янгиликлар