• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +18°C
Detail image

Paynet to‘lov tizimining operatori hisoblananuvchi «Uzpaynet» MChJdagi 100 foizlik davlat ulushi sotilgan. Xaridor – «New Industrial Technologies» MChJ. Bu kompaniyaga Aleks Li (60 foiz) va Mustafo Abdurahmonov (40 foiz) egalik qiladi. Bitim summasi va boshqa tafsilotlar ma’lum emas.

«Uzpaynet» MChJdagi 100 foizlik davlat ulushi xususiylashtirilgani ma’lum bo‘ldi. Kompaniyaga egalik to‘laligicha «New Industrial Technologies» MChJga o‘tgan.

New Industrial Technologies 2019 yilning 8 aprel kuni tashkil etilgan, joriy ustav kapitali - 273,5 mlrd so‘m. Amalga oshirayotgan faoliyat turi – meditsina va stomatologiya asboblari va jihozlari ishlab chiqarish. Ta’sischilari sifatida Aleks Li (60 foiz) va Mustafo Abdurahmonov (40 foiz) ko‘rsatilgan. Mustafa Abdurahmonov Asia Alliance Bank'ning ham qariyb 78 foiz ulushiga egalik qiladi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 2022 yilning avgust oyida «Uzpaynet» ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini sotish jarayoni boshlangani haqida xabar bergandi. Shundan so‘ng bu borada qo‘shimcha ma’lumotlar berilmadi. Bitim summasi, sanasi va boshqa tafsilotlar ma’lum emas.

«Uzpaynet» haqida

«Uzpaynet» MChJ — Paynet to‘lov tizimining operatori. Unga 2005 yilda tadbirkor Botir Arifjonov asos solgan, biroq oradan ozroq vaqt o‘tib uni davlatga sotib, kompaniyadan ketadi. Kompaniya 2014 yildan keyin to‘liq «Xalq banki» muassisligida faoliyat yuritib kelgan. 2022 yildagi ma’lumotlarga ko‘ra, 390 dan ortiq xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar to‘lovlarni tizim orqali qabul qiladi.

Ўхшаш янгиликлар