• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +20.4°C
Detail image

Jazoni ijro etish muassasalariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jalb etish orqali mahkumlarning masofaviy video-uchrashuv xizmatidan foydalanishi imkoniyatini yaratish rejalashtirilmoqda.

“Jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning video-uchrashuv orqali onlayn uchrashish imkoniyatlari takomillashtirilayotgani munosabati bilan Jinoyat-ijroiya kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.

Qonun loyihasi ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning jamiyatdan ajralib qolishi oldini olish, qayta jinoyat sodir etilishi holatlarini kamaytirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jazoni ijro etish faoliyatiga tatbiq etish maqsadida ishlab chiqildi.

Qonun loyihasini qabul qilish zarurati quyidagilar:

  • jazoni ijro etish muassasalari xususiyatini inobatga olgan holda ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning masofali video-uchrashuvga bo‘lgan huquqini ta’minlash;
  • jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarning oila va jamiyatdan uzilib qolishi oldini olish, ularning qonunga itoatkor xulq-atvorini rag‘batlantirish orqali kelgusida qayta jinoyat sodir etilishini keskin kamaytirish;
  • jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning huquqlarini xalqaro normalarga muvofiqlashtirish.

Jazoni ijro etish muassasalariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jalb etish orqali mahkumlarning masofaviy video-uchrashuv xizmatidan foydalanish imkoniyatini yaratish rejalashtirilmoqda.

Loyihaning qabul qilinishi mahkumlarga telefon orqali so‘zlashish bilan bir qatorda, tegishli jazoni ijro etish muassasalarining turiga binoan jinoyat-ijroiya qonunchiligida belgilangan miqdordan oshmagan holda, ularning xohishi asosida masofali video-uchrashuv xizmatlaridan ham foydalanish imkoniyatini yaratadi.

Ўхшаш янгиликлар