• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +24°C
Detail image

Dehli shahrida O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi madaniy va ilmiy-akademik hamkorlikning yangi istiqbollari belgilab olindi.

Foto: "Dunyo" AA

O‘zbekiston elchisi Sardor Rustamboyev Hindiston Madaniy aloqalar kengashi (Indian Council for Cultural Relations – ICCR) bosh direktori Kumar Tuhin bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".

ICCR yetakchisi u rahbarlik qilayotgan tashkilot O‘zbekiston bilan aloqalarni yanada faollashtirishdan manfaatdor ekanini ta’kidlab, yangidan yangi loyihalarni hayotga tatbiq etishga tayyorligini bildirdi.

O‘zbekiston yoshlariga Hindiston yetakchi oliy bilim yurtlarida tahsil olish uchun grantlar ajratish o‘zaro hamkorlikning yana bir muhim yo‘nalishini tashkil qilmoqda. ICCR yaqinda yangi o‘quv yili uchun ham tanlov e’lon qildi. Xususan, joriy yil o‘zbekistonlik yigit-qizlar uchun moliya boshqaruvi, buxgalteriya va moliya, xorijiy tillar, boshqa yo‘nalishlarda 12 ta o‘rin belgilangan.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Hindistonda faoliyat yuritayotgan hind va o‘zbek tillarini o‘rganish markazlarini qo‘llab-quvvatlash, ularni zamonaviy darsliklar hamda o‘quv qurollari bilan ta’minlash, ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida almashuv dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha ham fikr almashildi.

Tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdorlik bildirib, shu maqsadda madaniy-gumanitar tadbirlar rejasini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Ўхшаш янгиликлар