• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +17°C
Detail image

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top-10 davlatlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Foto: Shutterstock

2024 yilning yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasi 4,2 mlrd AQSh dollariga yetgan.  

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy birinchi o‘rinni egalladi – 1,1 mlrd dollar.

Undan keyingi o‘rinlardan tashqi savdo aylanmasida ulushi mos ravishda 767 mln dollar va 271,2 mln dollar bo‘lgan Rossiya hamda Qozog‘iston joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

  • Turkiya – 213,9 mln dollar;
  • Koreya – 180,2 mln dollar;
  • Germaniya – 96,3 mln dollar;
  • Yaponiya – 90,3 mln dollar;
  • Fransiya – 78,3 mln dollar;
  • Hindiston – 67,6 mln dollar;
  • Chexiya – 64 mln dollar.

Ўхшаш янгиликлар