• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +23°C
Detail image

2024-2025 o‘quv yilidan boshlab “Maktab – litsey – texnikum – universitet” yuridik ta’lim uzluksiz tizimi eksperiment tariqasida Namangan viloyatida joriy etiladi.

“Ta’lim muassasalarida yuridik ta’limning uzluksiz tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Adliya vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Namangan viloyati hokimligining:

2024-2025 o‘quv yilidan boshlab “Maktab – litsey – texnikum – universitet” yuridik ta’lim uzluksiz tizimini eksperiment tariqasida Namangan viloyatida joriy etish;
2024-2025 o‘quv yilidan Namangan viloyati, Namangan shahri, “Sohibkor” MFY, M.Egamberdiyev ko‘chasi, 1-uy manzilida joylashgan 1-sonli ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatida variativ o‘quv rejasi asosida huquq fani chuqurlashtirib o‘qitiladigan sinflarni tashkil qilish;
2024 yilda Adliya vazirligining Namangan viloyat yuridik texnikumi tugatilib, uning negizida Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi Namangan viloyat akademik litseyini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik beriladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi:

a) Namangan viloyati hokimligi bilan hamkorlikda belgilangan tartibda tasdiqlanadigan loyiha-smeta hujjatlari asosida Namangan viloyati mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan maktab-internatni kapital ta’mirlash va qayta jihozlash choralarini ko‘radi;
b) Adliya vazirligi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti bilan birgalikda:
huquq sinflari uchun o‘quv-metodik bazasini shakllantiradi;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 8–11-sinflari uchun huquq fanidan yangidan yaratilayotgan o‘quv adabiyotlarini nashr etishdan oldin ularga Toshkent davlat yuridik universitetidan xulosa olish amaliyotini yo‘lga qo‘yadi;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida huquqiy fanlardan dars beradigan oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lmagan pedagog xodimlar malakasini bosqichma-bosqich oshirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘radi.

Ўхшаш янгиликлар