• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +22°C
Detail image

Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlari milliy ro‘yxatiga modernizm davriga oid yangi 11 ta bino kiritilishi, 10 tasining maqomi o‘zgartirilishi kutilmoqda. Ular orasida «O‘zbekiston» mehmonxonasi, «Kosmonavtlar» metro bekati va Aviasozlar saroyi bor.

Foto: Kun.uz

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan respublikadagi modernizm davri binolari madaniy meros obektlari ro‘yxatiga kiritiladi. Bu haqda Gazeta.uz xabar qildi.

Hukumatning 22 apreldagi «Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlari milliy ro‘yxatiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

U O‘zbekiston xalqining milliy boyligi hisoblangan modernizm davri moddiy madaniy merosini muhofaza qilish, asrab-avaylash va ulardan foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish, yodgorliklarni tizimlashtirish, ro‘yxatini tuzish, ularning tarixiyligini saqlash hamda ularning ahamiyatini oshirish maqsadida qabul qilingan.

Hujjat bilan Moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obektlarining milliy ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi. Birinchi bosqichda 11 ta yangi obekt ro‘yxatga kiritilib, 10 ta obektning maqomi o‘zgartiriladi (endi ular ham modernizm obekti hisoblanadi):

Quyosh instituti (1981−1987 yillar, davlat mulki);
Toshkent davlat sirki (1976 yil, davlat mulki);
Toshkent teleminorasi (1980 yil, davlat mulki);
«Xalqlar do‘stligi» saroyi (1981 yil, davlat mulki);
Alisher Navoiy nomidagi san’at saroyi (1964 yil, davlat mulki);
«Marvarid» (Jyemchug) turar-joy majmuasi (1980-yillar boshlari, xususiy mulk);
Rassomlar uyushmasining ko‘rgazma pavilioni (1970 — 1974 yillar, davlat mulki);
«O‘zbekiston» mehmonxonasi (1963−1974 yillar, xususiy mulk);
«Shodlik» mehmonxonasi (1969−1975 yillar, xususiy mulk), shu jumladan «Ilhom» teatri binosi;
Residence Park mehmonxonasi (1975 yil, davlat mulki);
Davlat san’at muzeyi (1967−1974 yillar, davlat mulki);
O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi (1970 yil, davlat mulki);
O‘zbekiston amaliy san’at muzeyi (XIX asr, davlat mulki);
Toshkent telemarkazi binosi (1972−1977 yillar, davlat mulki);
«Turkiston» konsert zali va uning yozgi maydoni (1976−1993 yillar, davlat mulki);
Aviasozlar saroyi (1976−1980 yillar, davlat mulki);
«Kosmonavtlar» metro bekati (1972 yil, davlat mulki);
«Eski Juva» bozorining moviy gumbazlari (1950 yil, davlat mulki);
«Moviy gumbazlar» kafesi (1970 yil, davlat mulki);
San’atshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti (1970−1972 yillar, davlat mulki);
Ko‘krak jarrohligi ilmiy-tadqiqot instituti (1975 yil, davlat mulki).

Jamg‘arma, shuningdek, yuqorida qayd etilgan modernizm davri binolari YuNESKO Butunjahon merosi obektlari ro‘yxatiga kiritish nomzodnomasini tayyorlanayotganini qo‘shimcha qildi.

Ўхшаш янгиликлар