• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C
Detail image

Maktablarda «O‘quvchi yoshlar halollik tarafdori» 10 kunligi va «Halollik» to‘garaklari yo‘lga qo‘yiladi.

Foto: Kun.uz

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati rahbari Sherzod Saparov ma’lum qilishicha, maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarida «O‘quvchi yoshlar halollik tarafdori» 10 kunligi va «Halollik» to‘garaklari tizimli ravishda yo‘lga qo‘yiladi.

«Profilaktika kunlari» va «Sinf soat»lari doirasida «Halollik qadriyatlari», «To‘g‘rilik, mehnatsevarlik xotirjam hayot asosi» mavzularida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari tashkil etiladi.

Kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim muassasalarida «OTM–viloyat–respublika» tizimi asosida bilimlar bellashuvi tashkil etiladi. «Aksilkorrupsiya kovorking» markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

9 dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni» munosabati bilan barcha oliy ta’lim muassasalarida «Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!» mavzusida eng yaxshi rasmlar tanlovi, OTM ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida #Stop_korrupsiya heshtegi ostida chellenj, ota-onalar o‘rtasida «Iste’molchilarning ta’lim xizmatlari sifatidan qanoatlanganligi» mavzusi bo‘yicha sotsiologik so‘rovnoma o‘tkaziladi.

Ўхшаш янгиликлар