• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +23°C
Detail image

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Janubiy Koreyaning IKC Construction korxonasi rahbari Seog Gi Sonni qabul qildi. 

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, mazkur korxona vakillari bilan o‘tkazilgan oldingi uchrashuvlarda vohada qurilish materiallari va polietilen paketlar ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirishga kelishilib olingan. Ushbu uchrashuvda loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, yangi mahalliy kompaniyani tashkil etish, xorijiy sarmoyani jalb qilish orqali investitsiya kiritish masalalari muhokama qilindi.

Umumiy maydoni 9,8 gektar maydonda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ushbu loyihaning yillik ishlab chiqarish quvvati 100 ming tonna mahsulot bo‘lib, qurilish ishlarini joriy yilda boshlash rejalashtirilgan.

Muzokara yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikda ishlashdan mamnunligini qayd etdi.

Ўхшаш янгиликлар