• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +20°C
Detail image

Guliston shahridagi eski dehqon bozori va unga tutash hududlarni (jami 43,9 gektar) master-reja asosida rivojlantirish loyihasi qabul qilindi.

Foto: Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati

Guliston shahridagi eski dehqon bozori va unga tutash hududlarda (Taraqqiyot mahallasi) zamonaviy shaharsozlik loyihalari amalga oshiriladi. 43,9 gektarlik hududning Milliybank ko‘magida ishlab chiqilgan master-rejasi qabul qilindi, deya xabar berdi Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati.

Master-reja doirasida 20 ta ko‘p qavatli turar joy binolari, 30 dan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish obektlari, gipermarket va boshqa ko‘ngilochar obektlar barpo etilishi rejalashtirilgan.

“Hudud zamonaviy qiyofaga egaligi bilan bir qatorda, yashil maydonlar, piyodalar yo‘lakchasi, bog‘, sport maydonchalari va boshqa ijtimoiy xizmat obektlarini o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, ushbu hududda zamonaviy biznes markazi tashkil etilib, ommaviy tadbirlar, ko‘rgazmalar hamda tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun keng imkoniyatlar yaratiladi”, – deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Gulistondagi eski dehqon bozori o‘rnidagi 42 gektar maydonda “Guliston siti” barpo etilishi haqida Shavkat Mirziyoyev 2021 yilgi saylovoldi kampaniyasi vaqtida aytib o‘tgan edi.

Davlat rahbari loyiha doirasida 1 700 xonadonli 16 qavatli turar-joylar, umumta’lim va biznes maktablari, 2 ta bolalar bog‘chasi, zamonaviy klinika, madaniyat markazi va mehmonxona qurilishini ta’kidlagandi.

Ўхшаш янгиликлар