• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +22°C
Detail image

Andijon viloyati hokimi Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchisini qabul qildi.

Foto: Andijon viloyati hokimligi

Kecha, 24 aprel kuni Andijon viloyati hokimligida AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Xenik hamda Andijon rahbariyati ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ta’lim sohasini rivojlantirish, ingliz tilini o‘rgatishni yanada rivojlantirish, Andijon chet tillari va ADU bilan hamkorlik qilish masalalari ko‘rib chiqildi. Unda andijonlik ustozlarni malaka oshirish maqsadida okean ortiga yuborish taklifi muhokama etildi. 

Unga ko‘ra, Andijondagi professor o‘qituvchilarni malaka oshirish uchun 5 oy muddatga Amerikaga yuborish rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, tibbiyot sohasini yanada rivojlantirish, shifokorlarning malakasini oshirish bo‘yicha bir nechta loyihalar xususida so‘z bordi.

Shuningdek, Andijon va Amerikadagi shaharlar o‘rtasida "Birodarlashgan shaharlar" maqomini olish to‘g‘risida bir qancha masalalar muhokama qilib olindi.

Ўхшаш янгиликлар