• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +18°C
Detail image

2024 yilning 20 aprel kuni Kia avtomobillarining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi Kia’ning turli modellari: Seltos, Sportage, Sorento krossoverlari, Carnival krosveni hamda K5, Cerato, Stinger sedanlari sohiblarini birlashtirib KiaGO sport – ko‘ngilochar tadbirini tashkil etdi. Bunday turdagi tadbirlar markaning sodiq muxlislarining noyob hamjamiyatining shakllanishi va mustahkamlanishiga zamin yaratadi.

Foto: ADM Global KiaGO

Kia avtomobillarining katta karvoni Toshkentdan – Parkent tumanidagi «Safar Park» ko‘ngilochar majmuasi sari go‘zal Qiziltog‘ va So‘qoq qishlog‘i orqali murakkab yo‘nalish bo‘ylab harakatlandi. Marshrutning umumiy uzunligi 97 kilometrni tashkil etdi. Yo‘nalishda 60 ga yaqin Kia sohiblari ishtirok etib, go‘zal manzaralar va o‘z transport vositalarining imkoniyatlaridan bahramand bo‘ldilar. Shu tariqa manzilga harakatlanish chog‘ida, mijozlar avtomobillarning ilg‘or texnologiyalariga baho berish imkoniga ega bo‘ldilar. Ko‘pgina mijozlar o‘z avtomobillarining imkoniyatlariga, og‘ir ob – havo va yo‘l sharoitlarida yo‘l sirti bilan ishonchli tutashuvi his etishga, shuningdek, qulay opsiyalarga yangicha nazar solish imkoniga ega bo‘ldilar.

Safar Park – bu Toshkent viloyatidagi sayyohlik eko – qishlog‘i bo‘libgina qolmay, balki u yerda har bir tashrif buyuruvchi osoyishtalikdan va toza havodan bahramand bo‘lishi mumkin bo‘lgan O‘zbekistonning chinakam go‘shasidir. Noyob dam olishning konsepsiyasi tabiiy go‘zallik va zamonaviy o‘yin-kulgilarni uyg‘unlashtirib, kundalik hayotga sarguzashtlarning yorqin ranglarini olib kirdi. Har bir Kia avtomobilining sohibi, oilasi va do‘stlari bilan birgalikda, shahar shovqinidan dam olib, o‘z xohishlariga ko‘ra – tevarak-atrofdagi landshaftning ajoyib manzaralarini namoyish etuvchi hayajonga to‘la ziplayndagi parvozdan tortib, to qiziqarli konkurslargacha bo‘lgan o‘yin-kulgularni tanladilar.

Butun tadbir davomida didjyey mehmonlarning kayfiyatini yaxshi musiqa bilan qo‘llab – quvvatlab, bayramning takrorlanmas muhitini yaratdi. Tadbir boshlovchilari shunchali mehmonlarning vaqtini chog‘ qilibgina qolmay, balki g‘oliblarga Kia brendining esdalik sovg‘alarini ham topshirdilar.

Shuningdek, tadbirda servis xizmati xodimlari ham ishtirok etib, ular kun davomida avtomobillar sohiblariga maslahatlar va Kia avtomobillari haqidagi turli savollarga javob berdilar.

Ayni shu kunda vaqt asta – sekinlik bilan o‘tdi, xotiralar esa abadiy yorqin va unutilmas bo‘lib muhrlandi. Sayohat Kia avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan – ADM Global kompaniyalar guruhi tashabbusi bilan tashkil etilgan KiaGO loyihasi doirasida tashkil etildi. ADM Global va Kia o‘z mijozlarini qo‘llab – quvvatlash va Kia avtomobillari sohiblari ishonchini mustahkamlash maqsadida shunday tadbirlar uchun sarmoya kiritish faoliyatini davom ettiradilar.

Avtomobil sohiblari tadbirda nafaqat oilalari va do‘stlari bilan vaqtlarini chog‘ o‘tkazibgina qolmay, balki yangi insonlar bilan tanishish, o‘zlarining avtomobilga egalik tajribalarini baham ko‘rish va ko‘plab qiziqarli voqealar va sarguzashtlardan bahramand bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Mehmonlar ADM Global kompaniyalar guruhiga shahar shovqinidan chalg‘ishlariga yordam bergan puxta o‘ylangan va tashkil etilgan dastur uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

O‘zbekistondagi rasmiy dilerdan xarid qilingan barcha Kia avtomobillari sohiblari ushbu qiziqarli loyihaning qismi hisoblanadi.


Telefon: +998 (55) 500-83-33

Sayt | Instagram | Telegram | Telegram-bot

Ўхшаш янгиликлар