• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +20°C
Detail image

O‘tgan hafta davomida, yaʼni 1 — 7-aprel kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 4 173,4 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 6,3% ga ko‘pdir. Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 49,1% birja savdolariga, qolgan 50,9% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.

Birja savdolari

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 2 051,0 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:

Bug‘doy

O‘tgan haftada birja savdolari orqali 29 781,0 tonna bug‘doy sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 41 ta xaridor ishtirok etdi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 5 956,0 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda bug‘doyning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 3 001,5 ming so‘mdan 2 996,9 ming so‘mgacha pasaydi.

Suyultirilgan gaz

O‘tgan hafta davomida birja savdolariga 12 537,0 tonna suyultirilgan gaz qo‘yildi va uning 6 290,0 tonnasi, yaʼni 50,2% sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 168 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda suyultirilgan gaz bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 4 916,8 ming so‘mdan 4 572,2 ming so‘mgacha pasaygan.

Paxta yog‘i

O‘tgan haftada birja savdolarida 3 638,0 tonna paxta yog‘i sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 11 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 12 328,0 ming so‘mdan 10 145,4 ming so‘mgacha pasaydi.

Подобные новости