• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +27.1°C
Detail image

O‘tgan hafta davomida, ya’ni 15-21-iyul kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 2 280,4 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 40,3% ga kamdir. Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 75,9% birja savdolariga, qolgan 24,1% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.

Birja savdolari

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 730,7 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:

Sement

O‘tgan haftada birja savdolari orqali 178 040,0 tonna sement sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 35,6 ming tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 588,7 ming so‘mdan 585,2 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 73 ta xaridor ishtirok etdi.

Texnik chigit

O‘tgan hafta mobaynida birja savdolariga 15 172,0 tonna texnik chigit qo‘yildi va undan 6 799,0 tonnasi, ya’ni 44,8% qismi sotildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda texnik chigit bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 4 109,0 ming so‘mdan 3 450,0 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 8 ta xaridor ishtirok etdi.

Karbamid 

Birja savdolariga 30 513,0 tonna karbamid qo‘yildi va uning 12 265,0 tonnasi, ya’ni 40,2% qismi sotildi.O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 130 ta xaridor ishtirok etdi. 

Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha markali karbamidning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 3 758,3 ming so‘mdan 3 716,7 ming so‘mgacha pasaygan.

Подобные новости