• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +27.1°C
Detail image

8-14-iyul kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 3 821,4 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 43,1% ga ko‘pdir. Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 44,4% birja savdolariga, qolgan 55,6% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.

Birja savdolari

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 696,4 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:

Un

Birja savdolariga 45 307,0 tonna un qo‘yildi va uning 5 867,0 tonnasi, ya’ni 12,9% qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 108 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda 1-navli un bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 4 078,0 ming so‘mdan 4 013,0 ming so‘mgacha pasaydi. Unning o‘rtacha kunlik sotuv hajmi 1 173,0 tonnani tashkil qildi.

Polietilen

O‘tgan haftada birja savdolariga 2 830,0 tonna polietilen qo‘yildi va uning 2 790,0 tonnasi, ya’ni 98,6% qismi sotildi. Polietilenning o‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 558,0 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda polietilenning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 14 767,7 ming so‘mdan 14 639,3 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 65 ta xaridor ishtirok etdi.

Ammoniy sulfat

O‘tgan hafta mobaynida birja savdolarida 8 073,0 tonna ammoniy sulfat sotildi. Ammoniy sulfatning o‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 1 615,0 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ammoniy sulfat bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 2 163,6 ming so‘mdan 2 159,0 ming so‘mgacha pasaydi. Birja savdolarida har kuni o‘rtacha 106 nafar xaridor ishtirok etdi.

Подобные новости