• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +19°C
Detail image

O‘tgan hafta davomida, yaʼni 15 - 21-aprel kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 3 441,2 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 72,8% ga ko‘pdir. Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 62,8% birja savdolariga, qolgan 37,2% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.

Birja savdolari

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 2 162,0 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:

Shakar

Birja savdolariga 12 741,0 tonna shakar qo‘yildi va uning 11 883,0 tonnasi, yaʼni 93,3% sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 316 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 13 819,1 ming so‘mdan 12 920,1 ming so‘mgacha pasaygan.

Suyultirilgan gaz

O‘tgan hafta davomida birja savdolariga 12 153,0 tonna suyultirilgan gaz qo‘yildi va uning 8 119,0 tonnasi, yaʼni 66,8% sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 197 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda suyultirilgan gaz bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 4 541,1 ming so‘mdan 4 340,9 ming so‘mgacha pasaygan.

Paxta yog‘i

O‘tgan haftada birja savdolarida 3 613,0 tonna paxta yog‘i sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 12 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 9 561,7 ming so‘mdan 7 234,5 ming so‘mgacha pasaydi.

Подобные новости