• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +6°C
Detail image

O‘tgan hafta davomida, yaʼni 26-fevral - 3-mart kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 3 415,7 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 18,8% ga ko‘pdir. 

Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 74,5% birja savdolariga, qolgan 25,5% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 743,6 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 92,5 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 4 293 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 19,7 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Birja savdolari

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 2 543,9 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:

Shakar

Birja savdolariga 23 347,0 tonna shakar qo‘yildi va uning 11 950,0 tonnasi yaʼni 51,2% qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 19 ta xaridor ishtirok etdi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 13 560,0 ming so‘mdan 12 769,8 ming so‘mgacha pasaygan.

Ammiakli selitra

Birja savdolari orqali 22 352,0 tonna ammiakli selitra sotildi. Ammiakli selitraning o‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 4 470,0 tonnani tashkil qildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 74 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ammiakli selitra bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 2 920,9 ming so‘mdan 2 736,1 ming so‘mgacha pasaydi.

Polietilen

O‘tgan haftada birja savdolariga 3 156,0 tonna polietilen qo‘yildi va ulardan barcha hajmi sotildi. Polietilenning o‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 631,0 tonnani tashkil qildi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda polietilenning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 16 881,8 ming so‘mdan 16 370,7 ming so‘mgacha pasaydi.O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 79 ta xaridor ishtirok etdi.

Подобные новости