• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +6°C
Detail image

O‘tgan hafta davomida, yaʼni 4-10-mart kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 2 272,9 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 33,5% ga kamdir. 

Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 80,1% birja savdolariga, qolgan 19,9% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.

Birja savdolari

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 821,0 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:

Bug‘doy

O‘tgan haftada birja savdolari orqali 53 173,0 tonna bug‘doy sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 42 ta xaridor ishtirok etdi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 13 293,0 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda bug‘doyning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 2 988,4 ming so‘mdan 1 142,9 ming so‘mgacha pasaydi.

Shrot

Birja savdolariga 14 972,0 tonna shrot qo‘yildi va uning 6 670,0 tonnasi, yaʼni 44,6% qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 14 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda shrot bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 3 774,8 ming so‘mdan 2 968,4 ming so‘mgacha pasaydi. Shrotning o‘rtacha kunlik sotuv hajmi 1 668,0 tonnani tashkil qildi.

Paxta yog‘i

Birja savdolari orqali 1 559,0 tonna paxta yog‘i sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 85 ta xaridor ishtirok etdi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 10 700,7 ming so‘mdan 7 569,1 ming so‘mgacha pasaydi.

Подобные новости