• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +27.1°C
Detail image

O‘zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayev Rossiya Premyer Ligasining 23-tur ramziy jamoasiga kiritildi. 

“SSKA” sharafini himoya qilayotgan Fayzullayev “Fakel”ga qarshi o‘yinning 75-daqiqasida gol urib, jamoasinining yirik g‘alabasiga hissa qo‘shdi.

“Match TV” o‘zbekistonlik yarim himoyachini 23-tur ramziy jamoasiga kiritdi.

Abbosbek joriy mavsum RPLda 16 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol va 6 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Подобные новости