• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +27.1°C
Detail image

Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze ertangi oʻyin oldidan oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.

Tayyorgarlik haqida:

— Kecha Nant shahriga yetib keldik, tayyorgarlikni davom ettirmoqdamiz. Oldimizda Misrga qarshi uchrashuv kutib turibdi. Eng asosiysi — hamma sogʻ-salomat, biroq bitta yoʻqotishimiz bor. Himoyachimiz Ibrohimhalil oilaviy sabablarga koʻra terma jamoa ixtiyorini tark etishga majbur boʻldi. Lekin bunga qaramasdan reja boʻyicha mashgʻulotlarni davom ettiryapmiz va ertangi uchrashuvda gʻalaba qozonishga harakat qilamiz.

Ertangi raqibimiz Misr terma jamoasi haqida:

— Misrga kelsak, Afrikaning eng kuchli jamoalaridan biri. Ular bilan oʻtgan yili Toshkentda oʻynaganmiz. Raqibimizning kuchli tomonlari va imkoniyatlarini yaxshi bilamiz. Shunga yarasha biz ham oʻz rejamizga koʻra tayyorgarlik koʻramiz va gʻalaba qozonish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz.

Ispaniyaga qarshi kechgan oʻyin haqida:

— Birinchi uchrashuvdan keyin oʻyinimizni tahlil qilib chiqdik va oʻzimizga kerakli boʻlgan xulosalarni chiqardik. Oʻyin davomida baʼzi vaziyatlarda yaxshiroq oʻynadik, baʼzida esa kamchiliklar ham koʻzga tashlandi. Biroq, aytganimdek, xatolar ustida ishlab boryapmiz va hozirda bor eʼtiborimiz ertangi oʻyinga qaratilgan.

Jamoada qolgan barcha sogʻ, muammo yoʻq. Ibrohimhalil ketganidan soʻng zaxira futbolchilarimizdan birini qaydnomaga kiritishga harakat qilyapmiz. Bu borada tashkiliy qoʻmitaga soʻrov yubordik, hozircha javobni kutmoqdamiz.

Подобные новости