• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +27.1°C
Detail image

25-iyul kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston OTJ Olimpiya o‘yinlaridagi o‘zining debyut uchrashuvini Ispaniya terma jamoasiga qarshi o‘tkazdi va 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ushbu o‘yindan keyin O‘zbekiston OTJ bosh murabbiyi Timur Kapadze o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda Olamsport.com maʼlum qildi.

"Bu yerda qiyinchiliklar yetarli ekan. Olimpiya shaharchasiga kelganimizdan beri biz bilan har kuni har xil voqealar kuzatilmoqda. Xona masalasida, mashg‘ulotga borib-kelish masalasida, muammolar yetarlicha. Bir qarasa avtobus vaqtida kelmaydi, bir qarasa avtobuslar yo‘lda adashib qoladi. Mashg‘ulotlarga borib-kelishning o‘ziga ko‘p vaqt sarflayapmiz. Nafaqat biz, boshqa jamoalarda ham shunday muammolar bor.

Bu yerda futbolga tayyorgarlik ko‘rish emas, balki boshqa masalalarni ham o‘ylash kerak ekan. Birinchi kun kelganimizda bizni joylashtirishdi, biroq ertasiga bu sizlarni xonalar emas ekan deb yana bo‘shattirishdi", - dedi Timur Kapadze.

Bosh murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, jamoa bilan har kuni o‘ziga yarasha qandaydir vaziyatlar bo‘lmoqda. Jamoa birgalikda bunday holatlardan chiqishga harakat qilmoqda. Biroq shu mayda narsalar ham o‘yinga tayyorgarlik olib borishga to‘sqinlik qilmoqda.

Futbol bahslarini boshqa shaharda o‘tkazayotgan jamoalar mehmonxonada yashayotgani, ularda O‘zbekiston OTJ kabi muammolar bo‘lmayotgani, Olimpiya shaharchasida yashashning o‘ziga yarasha qiyinchiliklari bor ekanligi aytildi.

Подобные новости