• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +18°C
Detail image

Tailandda futzal bo‘yicha o‘tayotgan Osiyo kubogida O‘zbekiston terma jamoasi “B” guruhida 3 g‘alaba qozongan holda 9 ochko to‘plab chorak finalga chiqdi.

Mazkur guruh bosqichida terma jamoamiz 3-turda Saudiya Arabistoni terma jamoasini 3:1 hisobida yengdi. O‘yinda Mashrab Adilov, Abror Ahmetzyanov, Abbos Elmurodov raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, Saudiya Arabistonining yagona goliga Eihab Muhammad mualliflik qildi.

Endi futzalchilarimiz 24 aprel kuni chorak finalda Vyetnam terma jamoasiga qarshi yarim final yo‘llanmasi uchun maydonga tushadi.

Подобные новости