• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +16.1°C
Detail image

Qatarda futbol boʻyicha U23 Osiyo kubogi oʻz yakuniga yetdi.  Finalida O‘zbekiston va Yaponiya terma jamoalari 3-may kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar daxlsiz qoldi. O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi tartibli va hujumkor o‘yin namoyish etdi.

Ikkinchi bo‘limda esa yaponlar birinchi bo‘limdagi qo‘polliklarini kamaytirdi. Timur Kapadze shogirdlari ustunlik qilgan bo‘lsa-da, 90+1-daqiqada zaxiradan maydonga tushirilgan Fuki Yamada darvozani ishg‘ol qildi.

Shundan so‘ng o‘zbekistonliklar hujum qildi va jarima maydoni ichida to‘p raqib futbolchisi qo‘liga tegib, penalti belgilandi. 100-daqiqada ushbu penaltini Umarali Rahmonaliyev noto‘g‘ri tepdi.

O‘yin 1:0 hisobida yaponlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Osiyo Kubogini kumush medal bilan yakunladi.

U-23 Osiyo Kubogi

Final

3-may, juma

Yaponiya U-23 – O‘zbekiston U-23 1:0

Gol: 1:0 — 90+1 Yamada

Yaponiya U-23: 1. Leo Kokubo, 4. Hiroki Sekine, 5. Seiji Kimura, 22. Kota Takai, 21. Ayumu Ohata, 8. Joel Chima Fujita, 7. Rihito Yamamoto (6. Sota Kavasaki, 72), 17. Kuryu Matsuki (13. Ryotaro Araki, 62), 9. Shota Fujio (20. Yu Hirakava, 62), 19. Mao Hosoya, 10. Kein Sato (11. Fuki Yamada, 72).

O‘zbekiston U-23: 1. Abduvohid Ne’matov, 2. Saidazamat Mirsaidov (3. Zafarmurod Abdirahmatov, 74), 5. Muhammadqodir Hamraliyev, 6. Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, 10. Jasur Jaloliddinov (8. Ibrohim Ibragimov, 85), 17. Diyor Xolmatov (15.Umarali Rahmonaliev, 90+5), 18. Alibek Davronov, 19. Husayn Norchayev (11.Otabek Jo‘raqo‘ziyev, 90+5), 20. Ruslan Jiyanov (9. Ulug‘bek Hoshimov, 74), 22. Alisher Odilov, 23. Abdurauf Bo‘riyev.

Ogohlantirishlar: Shota Fujio (7), Mao Hosoya (16), Seiji Kimura (75), Abduvohid Ne’matov (79).

Подобные новости