• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +21°C
Detail image

O‘tgan hafta davomida, yaʼni 15-21-yanvar kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 5 820,7 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 121,3% ga ko‘pdir. 

Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 94,6% birja savdolariga, qolgan 5,4% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi. Shuningdek, ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 5 509,2 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:

Texnik chigit

O‘tgan hafta mobaynida birja savdolariga 39 451,0 tonna texnik chigit qo‘yildi va undan 14 055,0 tonnasi, yaʼni 35,6% qismi sotildi. 

Ko‘rib chiqilayotgan davrda texnik chigit bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 3 132,6 ming so‘mdan 2 673,2 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 9 ta xaridor ishtirok etdi.

Shakar

Birja savdolariga 10 500,0 tonna shakar qo‘yildi va uning 250,0 tonnasi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 12 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 13 004,0 ming so‘mdan 12 960,0 ming so‘mgacha pasaygan.

Suyultirilgan gaz

O‘tgan xafta davomida birja savdolariga 11 639,0 tonna suyultirilgan gaz qo‘yildi va uning 4 801,0 tonnasi, yaʼni 41,2% sotildi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda suyultirilgan gaz bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 7 644,0 ming so‘mdan 7 033,8 ming so‘mgacha pasaygan. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 137 ta xaridor ishtirok etdi.

Подобные новости