• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +20°C
Detail image

30-oktyabr – 5-noyabr kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 2 975,9 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 9,9% ga ko‘pdir.

Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 80,9% birja savdolariga, qolgan 19,1% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 821,9 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:

Sement

O‘tgan haftada birja savdolari orqali 65 264,0 tonna sement sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 13,1 ming tonnani tashkil qildi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 666,1 ming so‘mdan 655,5 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 79 ta xaridor ishtirok etdi.

Paxta yog‘i

O‘tgan haftada birja savdolarida 1 566,0 tonna paxta yog‘i sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 18 ta xaridor ishtirok etdi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 12 879,0 ming so‘mdan 12 280,6 ming so‘mgacha pasaydi.

Shrot

Birja savdolariga 17 003,0 tonna shrot qo‘yildi va uning 5 297,0 tonnasi, yaʼni 31,2% qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 23 ta xaridor ishtirok etdi.

Подобные новости