• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +22°C
Detail image

Joriy yilning  27-noyabr – 3-dekabr kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 2 705,4 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 6,0% ga kamdir. Bu haqda birja matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 75,1% birja savdolariga, qolgan 24,9% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.

Shuningdek, ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 2 031,5 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:

Sement

O‘tgan haftada birja savdolari orqali 152 816,0 tonna sement sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 30,6 ming tonnani tashkil qildi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 605,1 ming so‘mdan 572,6 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 51 ta xaridor ishtirok etdi.

Suyultirilgan gaz

Birja savdolariga 5 871,0 tonna suyultirilgan gaz qo‘yildi va uning 5 315,0 tonnasi, yaʼni 90,5% sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 230 ta xaridor ishtirok etdi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda suyultirilgan gaz bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 6 745,2 ming so‘mdan 6 575,5 ming so‘mgacha pasaygan.

Polietilen

O‘tgan hafta mobaynida birja savdolariga 2 636,0 tonna polietilen qo‘yildi va ulardan barcha hajmi sotildi. Polietilenning o‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 527,0 tonnani tashkil qildi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda polietilenning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 16 530,5 ming so‘mdan 16 512,7 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 70 ta xaridor ishtirok etdi.

Подобные новости