• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +20°C
Detail image

O‘tgan hafta davomida, yaʼni 6-12-noyabr kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 2 586,8 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 13,1% ga kamdir. Bu haqda birja matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 80,9% birja savdolariga, qolgan 19,1% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 2 093,2 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:

Sement

O‘tgan haftada birja savdolari orqali 41 106,0 tonna sement sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 8,2 ming tonnani tashkil qildi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 644,1 ming so‘mdan 634,3 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 68 ta xaridor ishtirok etdi.

Shakar

Birja savdolariga 12 000,0 tonna shakar qo‘yildi va uning 679,0 tonnasi, yaʼni 5,7% qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 23 ta xaridor ishtirok etdi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 13 373,6 ming so‘mdan 12 998,3 ming so‘mgacha pasaygan.

Bug‘doy

O‘tgan hafta mobaynida birja savdolarida 43 689,0 tonna bug‘doy sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 49 ta xaridor ishtirok etdi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 8 738,0 tonnani tashkil qildi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda bug‘doyning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 2 913,0 ming so‘mdan 2 854,7 ming so‘mgacha pasaydi.

Подобные новости