• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Ташкент: +20.1°C
Detail image

O‘tgan hafta davomida, yaʼni 1-7-yanvar kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 1 104,2 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 76,4% ga kamdir. Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 80,9% birja savdolariga, qolgan 19,1% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.

Keltirilishicha, ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 893,5 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:

Shakar

O‘tgan haftada birja savdolariga 8 600,0 tonna shakar qo‘yildi va uning 193,0 tonnasi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 4 ta xaridor ishtirok etdi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 13 600,0 ming so‘mdan 12 702,1 ming so‘mgacha pasaygan.

Shrot

Birja savdolariga 11 994,0 tonna Shrot qo‘yildi va uning 5 408,0 tonnasi, yaʼni 45,1% qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 15 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda Shrot bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 3 787,7 ming so‘mdan 3 624,0 ming so‘mgacha pasaydi. Shrotning o‘rtacha kunlik sotuv hajmi 1 352,0 tonnani tashkil qildi.

Ammoniy sulfat

O‘tgan hafta mobaynida birja savdolarida 1 787,0 tonna ammoniy sulfat sotildi. Ammoniy sulfatning o‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 447,0 tonnani tashkil qildi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda ammoniy sulfat bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 2 107,3 ming so‘mdan 2 099,1 ming so‘mgacha pasaydi.Birja savdolarida xar kuni urtacha 7 nafar xaridor ishtirok etdi.

Подобные новости