• 10650.06
  • 12497.85
  • 146.08
weather Тошкент: +19.8°C
Detail image

Departamentning Sirdaryo tumani bo‘limi boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda 2020-yil 7-iyulda o‘tkazgan tezkor tadbirda fuqaro D.X. (1979-y.t., sudlangan) «maxsus xaridor»ga jami 3200 AQSh dollarini 27,2 mln. so‘mga sotgan vaqtida ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Sirdaryo viloyati IIB ekspert kriminalistika bo‘limining ekspertiza xulosasida, tadbirda olingan 32 dona 100 AQSh dollarli kupyuralar rangli lazer printerda tayyorlanganligi va qalbaki ekanligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan 15.07.2020 yilda Departamentning Sirdaryo tumani bo‘limi tomonidan JKning 176-moddasi (Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ўхшаш янгиликлар