• 10674.08
  • 12576.20
  • 146.91
weather Тошкент: +26.6°C
Detail image

«Yuksalish» umummilliy harakati raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Akmal Burhonov O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori etib tayinlangani aytilmoqda.

Akmal Burhonov 1981-yili Namangan shahrida tug‘ilgan.

Ma’lumoti oliy, mutaxassisligi huquqshunos. 2001 yili Toshkent davlat yuridik instituti bakalavriatini, 2003 yili shu institutning magistraturasini tamomlagan. So‘ng, Yaponiyadagi Nagoya davlat universitetida o‘qib, ushbu universitet doktoranti ilmiy unvonini olgan.

U 2019 yil boshidan buyon «Yuksalish» umummilliy harakati raisi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning iyunida O‘zbekistonda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etilgandi. Ushbu agentlik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadi va Oliy Majlis palatalari oldida hisobdor bo‘ladi.

Ўхшаш янгиликлар