• 10769.78
  • 12166.62
  • 146.17
weather Тошкент: +7.1°C
Detail image

«Huquqiy axborot» kanali non sotib olishda pul bilan ta’minlanadigan toifalarni eslatib o‘tdi.

Quyidagilarga un va qolipli non xarid qilish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarni qoplash uchun 50 000 so‘m miqdorida har oylik pul kompensatsiyasi to‘lanadi:

- yoshga doir va nogironligi bo‘yicha nafaqa oluvchilar;
- boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi va nafaqasi (har bir boqimandaga) oluvchilar;
- bolalikdan nogironligi bo‘lgan 16 yoshdan katta shaxslar;
- 16 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar;
- 18 yoshga to‘lmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslar;
- belgilangan eng kam yoshga doir pensiyaning miqdoridan kam pensiya oluvchilar;
- 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar parvarishi uchun tayinlangan nafaqa oluvchilar;
- moddiy yordam oluvchi oilalar;
- 14 yoshgacha bo‘lgan bolalari uchun tayinlangan nafaqani oluvchi oilalar;
-belgilangan eng kam yoshga doir pensiya miqdorida pensiya oluvchilar.

Ўхшаш янгиликлар