• 10769.78
  • 12166.62
  • 146.17
weather Тошкент: +7.1°C
Detail image

Kuni kecha saytimizda «Jarqo‘rg‘onda jar solgan hokim  yoki «...sudyada bor alamim manim!» sarlavhali maqola e’lon qilingandi. Unda asosiy mavzu tuman hokimining mahalliy sudyalarga  munosabati, buning tub sabablari xususida bo‘lib, gap orasida ayrim sud qarorlari tuman rahbari tomonidan ijro etilmayotgani ham qistirib o‘tilgandi.

Maqola chiqqanidan sanoqli soatlar o‘tib, Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati rahbari Farrux Toshpo‘latov biz bilan bog‘landi. Odatda gapni uzoqdan boshlab, kalavaning uchini yo‘qotish darajasiga boradigan F.Toshpo‘latov bu safar darhol indallosiga o‘tdi. Aytdiki, akalar, axborot berib qo‘yishim lozim: maqolaning sud qarorlari ijrosi bilan bog‘liq nuqtalari Byuroning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘rganildi. Aniqlanishicha, iqtisodiy va ma’muriy sudlarning qarorlariga asosan tumanda joylashgan «Dusan bobo» fermer xo‘jaligi va «Janub meva sabzavot Eksport» MChJ foydasiga tuman hokimi qarorini bekor qilish majburiyatini yuklash bilan bog‘liq bo‘lgan ijro hujjatlari Byuroning Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limi ish yurituviga (joriy yilning 13-iyul kuniga qadar) kelib tushmagan. Tuman ma’muriy sudi tomonidan hokimning 29.10.2018-yildagi 2052-sonli qarorini bekor qilish esa hokimlikning o‘ziga yuklatilgan...

Tushunarli. Demak, muammoga MIBning daxli yo‘q, hamma gap hokimning o‘zida ekan. Ko‘p hollarda sud qarorlarining amaldorlar (ayniqsa, mahalliy hokimliklar) tomonidan ijro etilmasligi, bunga imkoniyat berayotgan qonunchilikdagi bo‘shliqlar — alohida mavzu. Shu bois MIB mas’uli bilan bahslashib o‘tirmadik. Aksincha, tezkor munosabat uchun rahmat aytildi.

E’tirof yoqdi chog‘i Farrux Toshpo‘latov ma’noli tomoq qirdi, chuqur nafas olgach, ovozi yanayam mayinlashdi: «Munosabatimizni saytda chiqarasizlar-a?».

—  Bo‘lamasa-chi?!

Ўхшаш янгиликлар