• 10683.68
  • 12410.16
  • 154.09
weather Тошкент: +13.2°C
Detail image

ATB «Agrobank»ning yana bir filialida qallobliklar aniqlandi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda bankning To‘raqo‘rg‘on filiali sobiq boshqaruvchisi Sh.B., «M.T.A.» MChJ rahbari G‘.T. va boshqalar shu yilning uch oyi (yanvar-mart) nari-berisida 19 holatda (!) «o‘yin» qilgani fosh etildi. Ya’nikim, ular 19 nafar fuqaroning xabardorligisiz, ularning nomiga issiqxona tashkil etish uchun imtiyozli kredit olish maqsadida hujjatlar rasmiylashtirib, jami 544 mln. so‘m mablag‘ni bank kassasidan naqd (!) shaklida olishgan va talon-toroj qilishgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bu keyingi ikki oy davomida ATB «Agrobank» xodimlari tomonidan imtiyozli kreditlarni talon-taroj qilish bilan bog‘liq (jamoatchilik boxabar bo‘lgan!) to‘rtinchi holat hisoblanadi. May oyida bankning Do‘stlik va Paxtakor tumanlari filiallari rahbarlarni 300 mln. so‘mga yaqin kredit mablag‘larini o‘zlashtirgani aniqlangan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay 400 mln. so‘m mablag‘ni «tuya qilgani» uchun Gurlan tumani filiali sobiq boshqaruvchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.

Ўхшаш янгиликлар