• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C
Detail image

Tog’li Qorabog’dagi vaziyat sababli Yerevan markazidagi yuzlab aholi Armaniston hukumati binosiga to’planib namoyish o’tkazmoqda.  

Mahalliy 24TV telekanalining xabar berishicha, namoyishchilar soni 500 ga yaqin. Avvalroq Ozarbayjon Tog’li Qorabog’ Respublikasida “aksilterror operatsiyasi” boshlanganini e’lon qilgan edi.

Hukumat binosiga kirish yo’li politsiya bilan to’sib qo’yilgan. Namoyish o’tkazilayotgan joyga qo’shimcha politsiya kuchlari jalb qilinmoqda.

24TV telekanalining xabar berishicha, yig’ilganlar hukumatga qarshi shiorlar bilan hayqirib, Tog’li Qorabog’dagi hozirgi vaziyatga olib kelgan siyosatda mamlakat rahbariyatini, xususan, bosh vazir Nikol Pashinyanni ayblamoqda.

“Tog’li Qorabog’da yuz mingdan ortiq Armaniston fuqarosi bor. Siz ularni himoya qilishingiz kerak, tashqaridan qaramang”, deydi namoyishchilardan biri hukumatga qarata.

Ma’lum qilinishicha, namoyishchilar hukumat binosi yonidagi xiyobonni to’sib qo‘ygan.

Ўхшаш янгиликлар