• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C
Detail image

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQShga tashrif buyurdi. U 18-sentyabr, dushanba kuni kechqurun Nyu-Yorkka yetib borgach, og’ir yaralangan Ukraina askarlari davolanayotgan va reabilitatsiya qilinayotgan Staten-Aylend universiteti gospitaliga keldi. Hozirda Ukraina Qurolli kuchlarining oyoq-qo’lidan ayrilgan to’qqiz nafar harbiy xizmatchiga ushbu shifoxonada tibbiy yordam ko’rsatilmoqda.

Zelenskiy u yerda shifokorlar va harbiylar bilan suhbatlashdi.

“Dushmanni mag’lub etishingizni kutamiz, sog’ boʻlinglar, qaytinglar, biz g’alaba qozonamiz”, dedi u ukrainalik askarlarga.

Zelenskiy o’zining Telegram sahifasida harbiylarga davlat mukofotlarini topshirgani va “ukrainaliklarning taslim bo’lmasligi va umumiy g’alaba haqida o’ta muhim so’zlarni eshitganini” yozdi.

“Yigitlarimizga jarohatlaridan forig’ bo’lishda yordam berayotgan shifokorlar jamoasiga minnatdorchilik bildiraman”, — deya qo’shimcha qildi u.

Zelenskiy BMT Bosh Assambleyasida nutq so’zlaydi

Zelenskiy 19-sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida nutq so’zlaydi. Bundan tashqari, uning BMT binolarida o’tkaziladigan boshqa qator tadbirlarda, jumladan, Barqaror rivojlanish maqsadlari sammiti va Xavfsizlik kengashi yig’ilishida ishtirok etishi rejalashtirilgan. Shu bilan birga, "muhim ikki tomonlama uchrashuvlar rejalashtirilgan", deydi Ukraina prezidenti. Xususan, u Braziliya prezidenti Lula da Silva, shuningdek, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan muzokaralar rejalari haqida maʼlum qildi.

Ўхшаш янгиликлар