• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C
Detail image

"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski shartnomasi muddati tugaguncha jamoani tark etishi mumkin.

Sport xabariga ko'ra, futbolchining shartnomasida band bor, unga ko'ra Kataloniya klubi 2024/2025-yilgi mavsumdan keyin, agar u mavsumda 55 foizdan kam o'yin o'tkazsa, shartnomani muddatidan oldin bekor qilishi mumkin. Polyakning "blaugranalar" bilan shartnomasi 2026-yilning iyuniga qadar amal qiladi.

15 turdan so'ng "Barselona" Ispaniya chempionati turnir jadvalida 34 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda. Jamoa peshqadam “Real”dan 4 ochko ortda qolmoqda.

Joriy mavsumda Robert Levandovski barcha musobaqalarda 17 ta o‘yinda qatnashib, 8 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ўхшаш янгиликлар