• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +14.1°C
Detail image

Prezidentning “Yoqilg‘i-energetika sohasida davlat nazorati mexanizmlarini takomillashtirish va “raqamli energonazorat” tizimini joriy etish to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanishni nazorat qilish hamda hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini to‘liq joriy etish, yoqilg‘i-energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarining oldini olish va ularga barham berishning yangi tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Xusuan, 2023-yil 1-sentabrdan:

  • aholi tomonidan Energetika vazirligining Internetdagi maxsus axborot tizimiga yuborilgan elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar haqidagi fotosuratlar va videoyozuvlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi;
  • huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi fotosuratlar va videoyozuvlarni yuborgan shaxslar pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi;
  • huquqbuzarlik to‘g‘risidagi fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlardagi huquqbuzarlarning shaxsini aniqlash Energetika vazirligining hududiy organlari so‘roviga asosan ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Huquqbuzarlik to‘g‘risidagi fotosuratlar, videoyozuvlar va xabarlarni taqdim etgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning oshkor etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Qonun buzilishi aniqlanganda, prokuratura organlari tomonidan davlat organlari va mansabdor shaxslarga qonun buzilishini zudlik bilan bartaraf etish to‘g‘risida talabnoma kiritiladi.

Shuningdek, “O‘zenergoinspeksiya” faoliyatiga “Energonazorat” platformasi hamda uning mobil ilovasining sinov versiyasi 2024-yil 1-martgacha tajriba tariqasida Qashqadaryo viloyatida, 2024-yil 1-oktabrgacha to‘liq versiyasi joriy etiladi.

Joriy yil fevral oyida prezident qarori bilan Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tashkil etilgandi.


Avvalroq “Spot” elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovoddan noqonuniy foydalanish o‘g‘rilik deb belgilangani haqida yozgandi.

Mazkur huquqbuzarlikni oz miqdorda sodir etganlarga BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olish jazo choralari qo‘llanilishi mumkin.

Ўхшаш янгиликлар