• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +16°C
Detail image

Markaziy bank joriy yilning yanvar-fevral oylari davomida aholiga ajratilgan ipoteka kreditlariga oid statistikani taqdim etdi.

Unga ko‘ra, yilning dastlabki ikki oyida 9 213 ta fuqaroga 1,9 trln so‘mlik ipoteka kreditlari ajratilgan.

Xususan, 652,9 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘ banklarning o‘z hisobidan, 1 trln so‘m asosiy pul miqdori esa Moliya vazirligi hisobidan moliyalashtirilgan.

Qolgan 236,4 mlrd so‘mi O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi mablag‘lari hisobidan ajratilgan.

Hududlar kesimida kredit oluvchilarning eng ko‘p ulushi 2 099 nafar fuqaro bilan Toshkent hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu davrda poytaxt aholisiga 633,8 mlrd so‘m ipoteka kreditlari ajratilgan.

ipoteka krediti, markaziy bank

Undan keyingi yetakchilikni Toshkent (169,1 mlrd so‘m) hamda Farg‘ona (141 mlrd so‘m) viloyatlari egallagan. 2022-yilda Samarqand va Farg‘ona Toshkentdan keyingi yetakchi viloyatlar bo‘lgandi.

Shuningdek, aholiga ajratilgan kreditlarning 69%i birlamchi bozordagi uylar xaridiga, qolgan 31%i esa ikkilamchi bozordagi uylar xaridiga sarflangan.

Kreditlarning asosiy qismi ya’ni 70%i 31−50 yosh oralig‘idagi aholiga to‘g‘ri keladi, bu davrda ularning umumiy soni 1 056 nafarga yetgan. 18−30 yosh oralig‘ida kredit olgan yoshlar soni esa 1 669 nafarni tashkil etadi.

Bu davrda ipoteka kreditini olgan xotin-qizlar soni 3 370 tani tashkil etib, jami kreditlarning 37%i — 671,5 mlrd so‘mi ular hissasiga to‘g‘ri keladi.

2022-yil davomida aholiga ajratilgan ipoteka kreditlari hajmi 14,4 trln so‘mni tashkil etgandi.

Ўхшаш янгиликлар