• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +24°C
Detail image

“Yandex” matn orqali uchun tasvirlarni yaratuvchi o‘zining neyron tarmog‘i prototipini ko‘rsatdi, deya xabar bermoqda “vc.ru” nashri.

Kompaniya neyron tarmoq yordamida tasvirlar yaratish uchun “Shedevrum” ilovasining 0.1.4 beta-versiyasini chiqardi. U iOS va Android uchun mavjud.

Qayd etilishicha, neyron tarmoq rus va ingliz tillarida so‘rovlarni tushunadi, taniqli rassomlarga taqlid qilishi, turli badiiy uslublarda ishlashi mumkin. Ta’rif qanchalik batafsil bo‘lsa, natija shunchalik aniq bo‘ladi.

Matn so‘rovini kiritganingdan so‘ng, dastur rasm uchun to‘rtta variantni taklif qiladi.

Neyron tarmoq kaskadli diffuziya usuli yordamida tasvirlarni hosil qiladi: birinchidan, so‘rovga muvofiq tasvirlar yaratadi, so‘ngra ularning ruxsatini asta-sekin oshiradi va tafsilotlarni qo‘shadi.

Ishlab chiquvchilar beta-sinov uchun generativ modelning birinchi versiyasini matn tavsiflari bilan 240 mln rasm misolida o‘rgatishdi.

Kompaniya ta’kidlashicha, 500 mln misoldan iborat ma’lumotlar to‘plamida o‘rgatishlar davom etmoqda va kelgusi versiyalarda sifat yanada yaxshilanadi.

Avvalroq “Yandex” neyron tarmoqlarga arxiv yozuvlarini o‘qishni o‘rgatgandi.

Algoritm qo‘l yozuvi xususiyatlarini hisobga oladi, o‘z ahamiyatini yo‘qotgan harflarni va arxiv hujjatlarining maxsus tuzilishini tushunadi


Avvalroq “Spot” OpenAI tasvirlarni taniy oladigan yangi ChatGPT-4 modelini taqdim etgani haqida yozgandi.

Sun’iy intellekt tasvirlarni ham tushuna oladi, ularni tavsiflaydi va tasniflaydi hamda matn tavsifidan kod hosil qiladi.

Ўхшаш янгиликлар