• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +7°C
Detail image

“All Comfort” korxonasi tomonidan Xitoyda ishlab chiqarilgan “Yutong” rusumli 10 ta yangi avtobuslar olib kelindi, deya ma’lum qildi Transport vazirligi.

Qayd etilishicha, avtobuslar 701-sonli Buxoro-Toshkent-Buxoro yo‘nalishida xizmat ko‘rsatish uchun biriktirilishi rejalashtirilgan.

Natijada “Buxoro-Toshkent-Buxoro” yo‘nalishida kuniga qo‘shimcha 550 ta yo‘lovchini tashish imkoniyati yaratiladi, deyiladi xabarda.

2022-yili mazkur kompaniyaning 20 ta elektrobuslari olib kelingandi.

Toshkent shahri jamoat transporti uchun 200 ta 18 metrli va 500 ta 12 metrli tabiiy gazda ishlaydigan avtobuslar va 300 ta 12 metrli elektrobuslar hamda Nukus shahri va viloyat markazlari jamoat transporti uchun jami 1000 ta tabiiy gazda ishlaydigan avtobuslarni xarid qilish belgilangan.

Avvalroq “Yutong” kompaniyasi yangi avtobuslari mart oyining oxirigacha yetkazib berilishi kutilayotgani haqida xabar berildi.

Ўхшаш янгиликлар