• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +22°C
Detail image

Xitoyning Tsinghua universiteti “Schwarzman Scholars” grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda.

Unda butun dunyodan magistratura uchun nomzodlar ishtirok etishi mumkin.

Bakalavriatning muayyan yo‘nalishi bo‘yicha talablar yo‘q, barcha sohalar qabul qilinadi. Fanlar bilan bu yerda tanishish mumkin.

Nomzodlar dasturga ro‘yxatga olish jarayonida 1-avgust holatiga kamida 18 yoshda yoki 29 yoshdan oshmagan bo‘lishi kerak. Shu bilan birga, ingliz tilini bilish sertifikatiga (TOEFL 100, IELTS 7) ega bo‘lishlari lozim.

Yaxshi ko‘rsatkichga ega nomzodlar butun dunyo bo‘ylab eng istiqbolli yosh yetakchilarni aniqlashga qaratilgan saralash jarayonida ishtirok etishadi.

Tanlangan nomzodlar oktabr oyining oxiri va noyabr oyining boshlarida xalqaro yetakchilar guruhi oldida suhbatga taklif qilinadi.

Ushbu intervyu oluvchilar o‘zlarining yetakchilik tajribasiga asoslanib, Xitoy va uning global roli bilan tanishish orqali yetakchilikka olib boradigan yo‘llari yaxshilanadigan yuqori malakali nomzodlar guruhini aniqlashadi.

Dasturga qabul qilingan talabalarga quyidagilar taqdim etiladi:

  • o‘qish to‘lovi qoplab beriladi;
  • turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplab beriladi;
  • yo‘l xarajatlari qoplanadi;
  • kitob xarajatlari, o‘quv materiallari uchun qo‘shimcha mablag‘lar ajratiladi;
  • sug‘urta xarajatlari qoplab beriladi;
  • oylik stipendiya ajratiladi.

Nomzodlardan arizalar onlayn qabul qilinadi hamda CV, esse, diplom va baholar transkripti, tavsiyanoma hamda tanishtiruv uchun video kabilarni jo‘natishlari kerak.

Arizalar joriy yilning 19-sentabrigacha havola orqali qabul qilinadi. Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq Niderlandiya tashkiloti biznes bo‘yicha amaliyot dasturiga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.

Ўхшаш янгиликлар