• 10830.17
  • 11391.17
  • 203.96
weather Тошкент: +26.7°C
Detail image

Joriy yilning 24-may kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati oʻrtasida Texnik-iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimni imzolash marosimiboʻlib oʻtdi.

Hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari A.Voitov va Xitoy Xalq Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Szyan Yan tomonidan imzolandi.

Bitim Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun 250 mln. yuan (37,5 mln. dollar) miqdorida begʻaraz yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.

Bugungi kungacha ikki mamlakat oʻrtasidagi texnik-iqtisodiy hamkorlik doirasida sogʻliqni saqlash, ta’lim, qishloq va suv xoʻjaligi, madaniyat, transport va boshqa sohalarda loyihalar amalga oshirildi.

Ўхшаш янгиликлар